avatar
Куч
64.47
Рейтинг
+32.89

Toshev Ixtiyor Izzatovich

Мақолалар

San’atimiz yutuqlari.

Блог им. ixtiyor85

       San’at tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning badiiy tasvirlarda ifodalanishidir. San’at o’zida moddiy olamning umumiy holatini hamda rivojlanishini aks ettirish, odamlarga uni bildirishda muhim vosita bo’lish bilan birga, insonni siyosiy, axloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo’lib o’z davri  uchun xizmat qiladi.


Uyqu haqida.

Блог им. ixtiyor85

Uyqu haqida.


 


      Uyqu    O’z vaqtida va 10 soat atrofida bo’lsin. Och qoringa uxlash yomon, quvvatni susaytiradi. To’q qoringa uxlash ovqatning ichaklarda turib qolishiga va buzilishiga olib keladi. Uxlashdan kamida 2 soat oldin ovqatlanish tavsiya etiladi. Kunduzgi uyqu yomon, chunki u rutubatlardan kelib chiqdigan nazla, taloq kasalligini keltirib chiqaradi. Asablarni bo’shashtiradi, lanj qiladi, ishtaxani pasaytiradi. Lekin qattiq charchash, o’ta g’azablanish, aqliy faoliyat bilan shug’ullanib charchash, g’am kabi sabablardan birontasi bo’lsa, kunduzi uxlasa zarar qilmaydi.


YURTIMIZ TABIATINI ASRASH BURCHIMIZDIR.

Блог им. ixtiyor85

   Tabiat  inson uchun  tabiiy boyliklar manbaidir. Inson  u bilan mavjud va tirik, hayoti bardavomdir.          Yurtboshimiz  I.A.Karimov  “Ona zaminimiz – boyligimizning, mustaqilligimizning va  go`zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir”- degan sozlari ila “Vatan sajdagoh  kabi muqaddasdir” sarlarida yurtimiz kelajagining ravnaqi va xalq farovonligini tabiatga bevosita  bog`liqligini  oldindan bashorat qilganlar   (1996 yil, 3-jild. T., “O`zbekiston”, 277-bet.) .


   Darhaqiqat, davlatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning  yaxshi natijalarga erishishi, mamlakatimiz xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarining  hozirgi kunda jahon andozalariga mos ravishda, yuksak darajada,  rivoj topayotganligi diyorimizdagi  boyliklarga, uning boy tabiatiga  bog`liqdir. 


Yurtimiz tabiati shunchalar  maftunkor, shunchalar boy. Uni yozuvchi va shoir Oybek  shunday ta’riflaydi:


Bir o`lkaki, sal ko`rmasa quyosh sog`inar,


                              Bir o`lkaki, tuprog`ida oltin gullaydi.


   Serquyosh o`lkamizning  iqlimi ko`pgina issiqsevar o`simliklar – g`o`za, bug`doy, poliz ekinlari va mevali daraxtlarni o`stirishga imkon bersa, uning  betakror, go`zal tabiati insonlarni  bag`riga chorlab, salomatligini tiklashga, undan zavq olishga imkon yaratadi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodida  asosiy o`rinni tutgan qishloq xoj`lik ekinlarini  hosildorligiuni oshishiga,  tabait  go`shalarida  dam olish va profilaktika uchun mo`ljallangan  oromgohlar,  dam olish  maskanlarini qurilishiga sabab  bo`lmoqda. Yurtimizning xilma-xil tabiat  zonalari hafaqat xalqimiz balki chet  ellik  turistlarni ham o`ziga jalb qilmoqda. Masalan, Zomin archazorlarining havosi yurak va bronxial astma kasalliklariga davo bo`lsa, uning  maftunkor tabiati tturistlarni  bag`riga chorlaydi. Hatto Qizilqum cho`li qumliklariga tikilgan o`tovlar kishilarni  cho`l tabiati bilan bevosita tanishish, yurtimiz quyoshining chiqishi va botishini tomosha qilish uchun chorlaydi.  


    Vatanimiz tuprog`i shu qadar  mo`jizakorki,  shoir aytganidek unda “oltin gullaydi”. Haqiqatan ham yurtimizning milliy iftixori  bo`lgan paxtani “oq oltin” deymiz. Chunki, u qimmati jihatidan oltinga teng, jahon bozorlarida sifati bilan  alohida ajralib turadi. Yurtimiz tuprog`ida hatto sitrus mevalarni yetishtirishimiz mumkin. Hozirgi  kunda esa intensiv bog`lar yaratilib xalqimizning  mevalarga  bo`lgan talabi  to`la qondirilmoqda. Kelajakda esa chetga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Bugina emas, tuprog`imizda yovvoyi holda ungan giyohlarning tarkibi  ham o`ziga  xos, vitamin va minerallarga  boy. Hammamizga ma’lum  bo`lgan isiriqni olaylik, biz undan bevosita xonadonlarimiz  havosini  dezinfeksiya qilishda foydalanamiz. Bunga o`xshash dorivor giyohlarimizning son-sanogi` yo`q. Ularning barchasidan  xalq tabobatida  va  zamonaviy tibbiyotga  keng foydalanil,oqda.


    Qorako`l qo`ylarining  asosiy yemishi bo`lgan shuvoqning tarkibida esa turli vitamin, fitonsidlar bilan birgalikda minerallardan oltinni borligi aniqlangan. Uni iste`mol qilgan qo`ylarning terisi, uning juni  rangi o`zgacha jilolananadi.  Shu tufayli ham yurtimiz  cho`l va dir yaylovlarida boqilgan qorako`l qo`ylarining terisi  jahon  bozorida yuqori  baholanmoqda.


   Yurtimizning yovvoyi tabiati o`ziga xos tuzilgan. “Cho`l malikasi” deb atalmish saksovullar  cho`llar manazarasini o`ziga xosligini ta’minlash bilan birga bu yerda  yashovchi tuya va ohular uchun qimmatbahoyemish hisoblanadi. Lolani  ko`rganda, yoki qizg`aldoqzorlarga nazar solganda qalbi o`z-o`zidan quvonchga to`lmagan insonning o`zi bo`lmasa kerak, albatta. Purviqor to`glari insonni yuksaklikka  chorlash bilan birga, o`z  bag`rida foydali qazilmalar, toza suv, minglab o`simlik va hayvonlar turini saqlaydi. Vodiylari esa insonlarga  yashash uchun qulay go`sha. Inson vodiylarni go`zal bog`-rog`larga aylantirmoqdalar.


   Inson ona-tabiat farzandididir. U ona Yer tabiatidan  ayro  yashay olmaydi. Tabiat, ona Yer  biz uchun bir beshik,  mehribon ona  quchog`i kabidir.  U  bizga  beqiyos noz-ne’matlari bilan saxovat  ko`rsatish bilan birga o`zi ham mehrga, e’zozga  muhtoj. Shunday ekan, “mustaqilligimiz  va go`zal kelajakka ishoncimizning asosiy manbai” bo`lgan yurtimiz  boyliklarini ko`z qorachig`iday asraylik. Tabiatni sevish, suv, tuproq, havo, nabotat va hayvonot olamini e’zozlash, inson o`zi o`sib-ulg`ygan  zaminni, atrof-muhitni  yuksak e’tiqod-la ardoqashga, kelajak avlod uchun asrab-avaylab yetkazishga   burchli ekanligiga undash biz pedagog xodimlarning asosy vazifamizdir.


Navoiy davlat pedagogika instituti, Tabiatshunoslik fakulteti,


Umumiy biologiya  kafedrasi o`qituvchisi Boratova M.G`.

Оilа jаmiyatning bоshlаng’ich ijtimоiy bo’g’inidir

Блог им. ixtiyor85

              Оilа jаmiyatning bоshlаng’ich ijtimоiy bo’g’inidir                              


        Оilа – mеhru muxаbbаt mаskаni е’zоzu hurmаt, оqibаt kаbi xususiyatlаrni o’zidа jаmlаngаn mo’’jаzginа vаtаn. Uning muqаddаsligini his qilgаn hаr bir kishi o’z mаs’uliyatini, burchini chuqur аnglаmоg’i kеrаk. Milliy istiqbоlgа еrishuvidаn so’ng o’zlikni аnglаsh tuyg’usining qаrоr tоpgаnligi o’tmish qаdriyatlаrini o’rgаnishgа bo’lgаn qiziqishning оrtgаnligi, оilаning shаxs kаmоlоtidа tutgаn o’rni vа аhаmiyatini xоlisоnа bаhоlаsh imkоnini bеrаdi. Bu bоrаdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А.Kаrimоv qo’yidаgi fikrlаrni bаyon еtilgаn.


МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ...

Блог им. ixtiyor85

МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ... 


Амир Tемур маънавиятининг уммонийлигини, тиниқлигини яна шундан ҳам билса бўладики, Соҳибқиронда диний маҳдудлик ҳолатлари бўлмаган, ўзга динлар вакилларига ҳам юксак ҳурмат, илтифот кўрсатганлар.


МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ...

Блог им. ixtiyor85

МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ... 


Биринчидан, жуда катта  масъулиятга, имкониятларга эга бўлган падари бузруквори Амир Tарағай ўзининг яккаю – ягона ўғил фарзанди тақдирига бефарқ бўлмади. Tемурбек дастлаб волидаи муҳтарамаси Tегина отин ойининг, сўнгра мадраса таълимини олиб, тақводор мусулмон бўлиб, камол топа бошлади.


МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ...

Блог им. ixtiyor85

МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ... 


(Амир Темур таваллудининг 676 йиллиги муносабати билан)


    Мовароуннаҳр тарихида шундай инсонлар бўлганларки, улар ўзларининг ноёб ақл – заковатлари, қувваи – ҳофизалари ила жамиятнинг ҳам, унда яшаётган кишиларнинг ҳам ижтимоий тақдирини ўзгартириб юборганлар.


Zamonaviy dars xususida mulohazalar .

Блог им. ixtiyor85

Zamonaviy dars xususida mulohazalar .


 


         “Zamonaviy dars o`zi qanday dars ?” – degan savol tug`ilishi tabiiy. “Zamonaviy dars shunday darski, unda o`qituvchi o`quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib ,uning aqliy potensialini ishga solib rivojlanishni ta`minlaydi. O`quvchi esa o`z navbatida, bilimlarini chuqur o`zlashtiradi va ma`naviy barkamolik sari odimlaydi “ deb yozadi pedagogika fanlari doktori ,professor J.F. Yoldoshev.


Ulug’bek davrida astranomiya ilmining taraqqiyoti.

Блог им. ixtiyor85

Ulug’bek davrida astranomiya ilmining taraqqiyoti.


Samarqand ilmiy maktabining asoschisi Mirzo Ulug’bek bobomizning 619 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. U yozib qoldirgan meros hali hanuz o’rganilmoqda. Mirzo Ulug’bekni dunyoga mashur qilgan asari «Ziji Ulug’bek», «Ziji Sultoniy», «Ziji jadidi Ko’ragoniy» nomlari bilan ma'lum.


МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР СПОРТИНИНГ ЎРНИ

Блог им. ixtiyor85

МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР СПОРТИНИНГ ЎРНИ


 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг баркамол авлодни тарбиялаш тўғрисидаги фикрлари халқни шу жумладан ёшларни ҳам ижтимоий тафаккурини ўзгартирмоқда. Яъни: “янги минг йилликда давлатларнинг, халқларнинг тақдирини моддий бойлик эмас, интелектуал, яъни маънавий-маърифий бойлик ҳал қилади. Бундай бойлик устивор бўлган жойда моддий бойликнинг ўзи оқиб келади” деб таъкидлаганлар.


NAVOIYNING XUROSON VA MOVAROUNNAHRDA TIBBIYOTNING RIVOJLANISHIDAGI XIZMATLARI

Блог им. ixtiyor85

NAVOIYNING XUROSON VA MOVAROUNNAHRDA TIBBIYOTNING RIVOJLANISHIDAGI XIZMATLARI


       


         Biz yuqorida aytib o`tkanimizdek, O’rta Osiyoda XV-XVI asrlarda tibbiyotning rivojlanishi Alisher Navoiy nomi bilan bog`lik bo`lgan Alisher Navoiy o`zi tabib bo`lmasa ham, tibbiyotning rivojlanishida juda katta rol o’ynadi, hamda ulug’ insonparvar olim va davlat arbobi sifatida mamlakatda sog’liqni saqlash ishlarninig rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.


SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI

NavDPI
Илм-фан

SOG’LOM  TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA HAMKORLIKDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI


     Har qanday millatning ravnaqi,


 umumbashariyat tarixida tutgan  o`rni, mavqeyi


va shuhrati  bevosita o`z farzandlarining


          aqliy va jismoniy  yetukligiga  bog’liqdir.                                                         I.A.Karimov


 


     Hamkorlikdagi pedagogik faoliyat mohiyatini oldimizga qo`yilgan ta`lim maqsadlariga erishishdagi o`qituvchi-o`quvchi munosabatlari tashkil etadi. O`quvchilarning salomatligini mustahkamlash, o`quvchi yoshlarning jismoniy va ma`naviy kamolotini oshirish, sog’lom avlod tarbiyasini takomillashtirish masalalari kelajagi buyuk davlat qurishning muhim omillaridan biridir.


МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ

Блог им. ixtiyor85

МАЪНАВИЙ ҚУДРАТИМИЗ РАМЗИ... 

(Амир Темур таваллудининг 676 йиллиги муносабати билан)

 

     

Мовароуннаҳр тарихида шундай инсонлар бўлганларки, улар ўзларининг ноёб ақл – заковатлари, қувваи – ҳофизалари ила жамиятнинг ҳам, унда яшаётган кишиларнинг ҳам ижтимоий тақдирини ўзгартириб юборганлар.


AFSONALAR YURTI

Блог им. ixtiyor85

“AFSONALAR YURTI” KOREYANING MADANIYATI VA TARIXIDAN...

 

NDPI,  “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi D. Murtazayev

 

Horijliklar nigohida “Orzular o’lkasi”, “Afsonalar yurti” va “Topishmoq mamlakat” sifatida namoyon bo’layotgan Janubiy Koreya Respublikasi madaniyati va ma’naviyati to’g’risida fikr yuritishdan avval uning tarixini qisqacha eslab o’tsak.


Истиқлол шукуҳи

NavDPI
Илм-фан

                      Илму фанниниг юксак чўққиларини эгаллаш учун ташқи  дунёга эшикларни кенг очиш керак.

                     И.А.Каримов

 

          Глобаллашув сари бораётган ҳозирги дунёда давлатнинг халқаро рақобат жараёни шартларига тез мослашуви унинг муваффақиятли ва барқарор ривожланишининг асосий омили ҳисобланади.  Бунда юксак тараққий этган давлатларнинг асосий устунлиги — таълим тизимининг ҳолати билан аниқланадиган, шахсни ривожлантириш имкониятлари мавжудлиги билан боғлиқ. Давлатнинг бугунги ва истиқболдаги барқарор иқтисодий ўсишини таъминловчи омиллар ҳам айнан таълим соҳаси ривожланишига бевосита боғлиқдир.


Тaлaбa-ёшлaрдa лутф мaдaниятини шaкллaнтириш

NavDPI
Илм-фан

Миллатнинг ўзлигини танитадиган, унинг фикр-қарашларини, уни ифодалаш воситаси бўлган лутф маданиятини юксалтиришга эътибор бугунги кунда долзарб масалалардан биридир.     Нутқ — бу ҳaр бир инсoннинг бoтинидaги ёғду ҳисoблaнгaн, тил дeб aтaлувчи нoёб қурoлдaн фoйдaлaниш жaрaёнидир. Бу жaрaённинг қaндaй бўлиши кўп жиҳaтдaн сўзлoвчининг билим сaвияси, тил қoидaлaрини ҳaмдa лутф oдoби ҳaқидaги бeбaҳo қaдриятлaримизни қaй дaрaжaдa ўзлaштиргaнлигигa бoғлиқдир. Ҳaр қaндaй нутқ xoҳ oғзaки, xoҳ ёзмa бўлсин, мaзмунли, тaъсирчaн, гўзaл бўлмaсa, тинглoвчи учун зeрикaрли бўлaди. Тил тaълимининг aсoсий мaқсaди ҳaм ёшлaрдa нутқий мукaммaлликни тaъминлaшдир. Гўзaл  вa нaфис лутф ҳaмдa унгa иxлoс билaн эътибoр  бeриш, нутқ oдoби, сўзлaш мaдaнияти мaсaлaси узoқ ўтмишдaн бeри Шaрқ мутaфaккирлaри ижoдидa мaркaзий ўринлaрдaн бирини эгaллaб кeлгaн.


Терроризмга қарши кураш ва жамият барқарор тараққиётининг муҳим илмий назарий масалалари

Блог им. ixtiyor85
“Террор” атамасини биринчи марта Арасту қадимги юнон театрларидаги трагедияларда “кўрқинч-террор” томошабинларнинг ҳис- туйғуларига таъсир этиш мақсадида қўлланилганлигини тушунтиришда ишлатган. Мутафаккир фикрича: “Яхши трагедия оддий ва содда бўлмайди, балки у кўпгина турли-туманликларни ўз ичига олади, унда даҳшатли ва ачинарли воқеалар қўшилиб кетади. Трагедия ҳурматли кишилар бахт-саодатдан кетма-кет бахтсизликка учраб турувчилар сифатида ифодаланмаслиги керак, акс ҳолда томошабинда на ачиниш, на раҳм-шафқат, на қўрқув туғилади”